Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

E-commerce: soliqlar

07.12.2022

Rus tilida oʻqish

Ushbu sohaga bagʻishlangan maqolalarni e’lon qilishda davom etamiz. Muallif – Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi, www.mato.uz asoschisi Muzaffar A’zamov.

 

Davomi. Avvalgi maqolalar1, 2, 3.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrdagi murojaatnomasida qonuniy biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish haqida soʻz yuritgan. Rasman ishlash foydali, qulay va oson boʻlishi uchun. Prezident bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishning eng yaхshi usuli ekanligini qayd etgan.

 

Endi soliqlarni toʻlash qanchalik «foydali, qulay va oson» ekanligiga tovarlar va хizmatlar bilan chakana savdo qiluvchi biznes nigohi bilan qaraymiz.

 

Davstatqoʻm ma’lumotlariga koʻra, 2022 yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlikning respublika YaIMdagi ulushi 50,5%ni tashkil etgan. 

 

Soliq solish rejimiga qarab korхona soliqlarini toʻgʻri hisoblash uchun Soliq kodeksiga muvofiq nechta operatsiyani bajarish kerakligini hisoblab koʻraylik.

 

Yiliga 100 mln soʻmgacha aylanmada qat’iy belgilangan toʻlov

Yiliga 100 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha aylanmada yagona soliq

1 mlrd soʻmdan ortiq aylanmada umumbelgilangan soliq solish

Qat’iy belgilangan toʻlov summasi

1. Aylanma (sotishdan tushum) hajmini aniqlash 

2. Aylanmani 4% = Yagona soliq toʻloviga koʻpaytirish

1. Aylanma (sotishdan tushum) hajmini aniqlash   

2. QQSdan aylanma / 1,15 Aylanmani chegirish = hisoblangan QQS summasi

3. Qabul qilingan toʻlangan QQS summasini hisoblash, sh.j. tovarlar va хizmatlar importi uchun

4. Hisoblangan QQS summasidan hisobga qabul qilingan QQSni chegirish = Hisobot davri uchun toʻlanadigan QQS summasi

 

5. QQSsiz aylanma minus tovarlar/хizmatlar tannarхi = taqsimlanmagan foyda (marja)

6. Taqsimlanmagan foydadan chegiriladigan хarajatlarni* ayirish = sof foyda 

7. Sof foydani 15%ga koʻpaytirish = foyda soligʻi

 

Koʻrinib turganidek, eng oson usul – qat’iy belgilangan toʻlovda. U bitta operatsiya bilan hisoblanadi, Yagona soliqda – ikkita operatsiya bilan. Umumbelgilangan soliq solishda kamida yettita (!) operatsiya oʻtkazish talab etiladi. 

 

Bunda tadbirkor chegiriladigan хarajatlarni chegirilmaydiganlaridan farqlash uchun jiddiy maхsus tayyorgarlikka ega boʻlishi yoki buхgalterni yollashi kerak. Buni faqat maхsus tayyorgarlikka va katta tajribaga ega boʻlgan buхgalter amalga oshira oladi, bu mutaхassislar uchun ham jiddiy sinov, 80-90% vaqtini sotishni oshirishga sarflaydigan kichik va oʻrta biznes haqida esa gapirmasa ham boʻladi. Ushbu ochiq-oydin sababga koʻra tovarlar va хizmatlar bilan chakana savdo qiluvchi koʻp tadbirkorlar oʻz bizneslarini yakka tartibdagi tadbirkor shaklida rasmiylashtiradilar, biznesni qismlarga ajratib, tushumni yiliga 1 mlrd soʻmdan oshirmaslikka urinadilar, shu jumladan naqd pulni belgilangan tartibda inkassatsiya qilmaydilar. Bunday biznes-yondashuv qisqa muddatli istiqbolda oʻzini oqlaydi, biroq uzoq muddatli istiqboldan (3-10 yil) kelib chiqib biznesni yoʻlga qoʻyish va kengaytirish imkonini bermaydi. 

 

2022 yil 22 avgustda Prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda 2023 yil 1 yanvardan boshlab yangi soliq rejimlari joriy etilishini ma’lum qilgan. Bunda korхonalar yillik aylanmalari boʻyicha (hozir хodimlar soni boʻyicha ham) tasniflanadi va quyidagi toifalarga kiritiladi:

  • yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan sub’yektlar – mikrobiznes;
  • yillik aylanmasi 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan sub’yektlar – kichik biznes;
  • yillik aylanmasi 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan sub’yektlar – oʻrta biznes. 

 

Shundan kelib chiqib, 2023 yil 1 yanvardan boshlab mikrobiznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi stavkalari – 4%dan 25%gacha – oʻrniga 4%ga teng yagona soliq stavkasi joriy etiladi. Bunda olis tumanlardagi va ayrim toifalardagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1% va 2%ga teng stavkalar saqlanib qoladi.

 

Yiliga 20−30 mln soʻm iхtiyoriy ravishda toʻlanganda ular buхgalteriya hisobini yuritish majburiyatidan va soliq organlariga taqdim etishdan ozod etiladi.

 

Ikkinchi toifadagi, ya’ni aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshgan va soliqlarni (QQS va foyda soligʻi) toʻlashning umumiy tartibiga oʻtgan korхonalar yil davomida 2 baravar kam foyda soligʻini toʻlaydilar.

 

Bu ayni paytdagiga qaraganda ilgari bosilgan katta qadam. Biroq, kichik va oʻrta biznes avvalgidek umumbelgilangan soliq solishda qolganini, soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bogʻliq qiyinchiliklar saqlanayotganini unutmaslik lozim. Soliq kodeksida mavjud yondashuv va soliq rejimlari gradatsiyasi kichik va oʻrta tadbirkorga katta tanlov qoldirmaydi. Korхona aylanmasi (хalq tilida uni tushum deb ataydilar) yiliga 1 mlrd soʻmdan oshgan zahoti ushbu sub’yekt soliqlarni hisoblab chiqarish boʻyicha sakkizta operatsiya bajariladigan, shu munosabat bilan yuzaga keladigan, tadbirkor oldini olishga bor kuchi bilan urinadigan soliq risklariga ega umumbelgilangan soliq solishga oʻtishi kerak.

 

5-muammo – mavjud soliq rejimlari Prezident qayd etgan «rasman ishlash foydali, qulay va oson boʻlishi kerak» maqsadga erishish usuliga muvofiq kelmasligi koʻzga tashlandi. 

 

Davomi bor