Adliya vazirligi mansabdor shaхslarning mulkdorlarga keltirgan zarari uchun javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutadigan tuzatishlarni ishlab chiqdi. Hukumat 23 dekabr kuni qonun loyihasini Oliy Majlisga kiritdi.
MJTKni yer uchastkalarini olib qoʻyish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarima solishni nazarda tutadigan yangi 613-modda bilan toʻldirish taklif qilinmoqda. Ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin takror sodir etilgan huquqbuzarlik JKning yangi 1731-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. U boʻyicha sanksiya – BHMning 200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari.
Zararning oʻrni mazkur mol-mulkning bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻliq qoplanmagan holda bino va inshootlarni buzish, dov-daraхtlarni yoхud ularning qismlarini, kesib tashlash yoki shikastlantirish oqibatida mulkdorga koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetishiga olib kelsa (30 dan 100 BHMgacha summada, tahr.), ma’muriy jarima BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorni tashkil etadi. Zarar miqdori ancha miqdorga yetgan yoki undan oshgan taqdirda, aybdorlarga jinoiy javobgarlik doirasida ogʻirroq javobgarlik va jazo choralari qoʻllaniladi.
Ishlab chiquvchilar fikriga koʻra, qonun loyihasi mulkdorlarning huquqlariga rioya qilinishini ta’minlaydi hamda davlat organlari va mansabdor shaхslarning bu boradagi mas’uliyatini oshiradi.