Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak

Eski namunadagi “mayda” kupyuralar va tangalar toʻlov qobiliyatini yoʻqotdi

03.07.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston MB eslatib oʻtadi, 2019 yil 1 iyuldan boshlab 50 soʻmlik, 100 soʻmlik (2001-2002, 2004 va 2009 yillar namunasidagi) tangalar hamda  50 soʻmlik va 100 soʻmlik (1994 yil namunasidagi) banknotlar toʻlov qobiliyatini yoʻqotadi va muomaladan chiqariladi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan joriy yilning 1 iyul kuniga qadar eski namunadagi 50 soʻmlik va 100 soʻmlik banknotlar va tangalar MB hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa markazlari, barcha tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan qabul qilinib, almashtirib berildi.

 

Biroq, koʻrsatilgan sanadan boshlab ular tovar va хizmatlar uchun toʻlovga qabul qilinmaydi. Qolib ketgan eski namunadagi tangalar va banknotlarni bevosita MBning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlarida yangi namunadagi tangalarga va muomalada boʻlgan boshqa nominaldagi banknotlarga almashtirib olishlari mumkin.

 

Nizomga asosan eski namunadagi 200 soʻmlik va 500 soʻmlik banknotlar 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada boʻladi. 2019 yilning 1 iyulidan boshlab bank kassalariga topshirilgan 1997 yil namunasidagi 200 soʻmlik va 1999 yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan almashtirib beriladi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_