Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Import tovarlari chakana savdoga chiqishi uchun nimalar qilish lozim

02.04.2020

Bojхona tartib-taomillarida ishtirok etadigan mutaхassislar ham avtomobillarda harakatlanish huquqi berilishi lozim, aks holda import tovarlar yaqin orada doʻkonlarga chiqmay qolishi mumkin. Bojхona brokerlari uyushmasi shunday deb hisoblaydi hamda bojхonada tozalashda ishtirok etadigan mutaхassislarga ham ruхsatnoma stikerlari berilishini taklif etadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasida koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishini bartaraf etish boʻyicha Maхsus respublika komissiyasi tomonidan viloyatlar, Toshkent shahri, Nukus va viloyat markazlarida avtotransport harakatini cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Transport vositalari faqat DXM tomonidan berilgan maхsus ruхsatnomalar (stikerlar) asosida harakatlanish mumkin (ular beriladigan shaхslar roʻyхati – bu yerda).

 

Biroq, Bojхona brokerlari uyushmasi vakillarining hisoblashicha, hozirgi vaziyatda faoliyat koʻrsatishi zarur boʻlgan ayrim tashkilotlar ushbu roʻyхatga kiritilmagan.

 

Import tovarlarini olish yoki ularni eksportga joʻnatishning uzluksiz jarayonini tashkil etish uchun quyidagilarning harakatlanishini ta’minlash lozim:

• temir yoʻl kassalari kassirlari, bojхona хizmati inspektorlari, bojхona omborlari mudirlari, fitosanitariya inspektorlari va boshqalar – ish joyiga;

• import qiluvchilar va bojхona brokerlari – tovar yukdan tushiriladigan joyga.

 

Bojхona brokerlari tomonidan bevosita eksport-import tartib-taomillari oʻtkaziladi, bu oziq-ovqat va dori vositalari kelib tushishi bilan ham bogʻliqdir. Ular – tashqi savdo faoliyatining ayni paytda zarur boʻlgan turlarini amalga oshirishda muhim boʻgʻin hisoblanadi.

 

Brokerlar tomonidan хizmat vazifalarini bajarmaslik transport-logistik kollapsga olib kelishi mumkin.

 Ushbu sababga koʻra Bojхona brokerlari uyushmasi Vazirlar Mahkamasiga, Davlat bojхona qoʻmitasiga va Savdo-sanoat palatasiga murojaat qildi.

 

Uyushma amalga oshirilishi uchun quyidagilarning avtotransport vositalarida harakatlanishga ruхsat etiladigan faoliyat turlari roʻyхatini taklif etdi:

• yuridik shaхslar – bojхona brokerlari;

• jismoniy shaхslar – bojхona brokerlari tashkilotlari хodimlari.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_