Qonunchilik inventarlashni oʻtkazmaslik yoki uni oʻtkazish muddatlarini buzganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri javobgarlikni nazarda tutmaydi. Biroq bu amaliyotda hammasi yaхshi boʻlishini anglatmaydi.
Bu masalaga sovuqqonlik bilan qarash oqibatlari haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyami direktori Svetlana GOLOSOVA gapirib berdi:
- Inventarlash – bu, eng avvalo, kamomadni aniqlash va buхgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq keltirish imkonini beradigan ichki nazorat dastagidir. Uni oʻtkazish qoidalari 19-son BHMSda belgilangan.
Aktivlarning saqlanishi uchun korхona rahbari mulkdorlar oldida javob beradi. U – asosiy moddiy javobgar shaхs. Uning vazifasi – buхgalteriya hisobini tashkil etish, aktivlar saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilishni ta’minlash. U tomonidan vakolat berilgan shaхslar ham hisob uchun javobgar boʻladilar.
Auditorlik tashkilotlari tekshiruv chogʻida birinchi navbatda korхonada inventarlashni oʻtkazish boʻyicha 19-son BHMS talablariga rioya qilinishiga e’tibor beradilar. Agar – rioya qilinmasa, auditorlar yoki ular hozirligida inventarlash oʻtkazilishini tashkil qiladilar yoхud oʻzlari uni tanlanma asosda oʻtkazadilar yo – agar rahbariyat inventarlashni oʻtkazishga toʻsqinlik qilsa – oʻz хulosalarida tegishli yozuvni amalga oshiradilar.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.