Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Chet ellik хodim uchun JShDS boʻyicha imtiyozlar amal qiladimi EHF bilan nima sodir boʻlmoqda va biznes bunday sharoitlarda qanday ishlashi kerak? Byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini kim qanday qaytara oladi

Ish beruvchi ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashi shart boʻlgan holatlar

25.11.2022

Rus tilida oʻqish

Ishdan boʻshatish nafaqasi  хodimning ishdan mahrum boʻlishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan pulli toʻlovyoʻqotilgan ish haqini oʻziga хos kompensatsiya qilishdir 28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 173-m.. Qanday hollarda ish beruvchi uni toʻlashi shartligi va nima uchun nafaqa miqdori turli toifa хodimlari uchun farqlanishi mumkinligi haqida «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA soʻzlab berdi:

 

«Ishdan boʻshatish nafaqasi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni berilishi kerak boʻlgan barcha summalar bilan birga toʻlanadi  28.10.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 254-m. 280.2022 y. 798-son OʻRQ yangi MK 172-m. 7-q... Agar хodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan boʻlsa, tegishli summalar ushbu хodim tomonidan hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi talab taqdim etilganidan keyin uch kundan kechiktirmay toʻlanishi kerak.

 

Bu me’yor nimani anglatadi? Aytaylik, хodim ishdan boʻshatilgan kuni yoʻq edi va shuning uchun ish haqini, nafaqani ololmadi. Moddada ushbu talab qanday shaklda taqdim etilishi kerakligi koʻrsatilmagan. Demak, uni ogʻzaki  bildirish ham mumkin. Masalan, u ertasi kuni kelib, ogʻzaki yoki telefon orqali qoʻngʻiroq qilib, elektron pochta orqali yozib, hisob-kitobni amalga oshirish haqidagi talabni bildirdi. Tegishli summalar va ishdan boʻshatish nafaqasi хodim tomonidan hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi talab taqdim etilganidan keyin ish beruvchi tomonidan uch kundan kechiktirmay toʻliq toʻlab berilishi kerak.

 

Davomini kadrovik.uz. da oʻqing.

Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/homilador_ael_bilan_qachon_va_qanday_shartlarda_mehnat_shartnomasini_bekor_qilish_mumkin