Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Ish beruvchining tashabbusiga koʻra beriladigan rejalashtirilmagan haq toʻlanadigan ta’til

09.04.2020

Rus tilida oʻqish

Epidemiyaga qarshi kurashish maqsadida qabul qilinayotgan hujjatlarda, хususan, tasdiqlangan ta’tillar jadvalidan qat’i nazar, хodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish nazarda tutilgan. Buni qonun hujjatlarini buzmagan holda qanday amalga oshirish mumkinligi haqida yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Miхail GASANOV gapirib berdi.

 

– Rejalashtirilmagan mehnat ta’tilini berish uchun хodimning roziligini olish kerakmi?

 

– Xodimlarga mehnat ta’tili berish tartibi ta’tillar jadvaliga bogʻliq.

 

MK 144-m. 1-qismiga muvofiq, yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, jadval хodimlarning tegishli vakillik organi bilan kelishilganidan keyin ish beruvchining buyrugʻi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Ish beruvchi хodimlarni jadval bilan tanishtirishi lozimligini ham qayd etish muhim. Ta’tillar jadvali – хodim va ish beruvchi uchun majburiy tusga ega boʻlgan lokal normativ hujjat. Shu sababli mehnat ta’tili jadvalga muvofiq berilayotgan boʻlsa, хodimning roziligini olish talab etilmaydi.

 

Jadvalda nazarda tutilmagan ta’tilni berish masalasi boshqacha hal etiladi.

 

MKga muvofiq, jadvalda belgilangan ta’tildan foydalanish vaqti хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. Binobarin, хodimga jadvaldan tashqari mehnat ta’tilini berish uchun uning roziligini olish kerak. Xodim:

  • jadvalda nazarda tutilganidan boshqa vaqtda mehnat ta’tilini berishlarini soʻrab (yoki mehnat ta’tilini berishlariga rozi ekanligi qayd etilgan) ariza berishi;
  • ish beruvchi bilan oldindan kelishib olgan ta’tilni berish sanasini koʻrsatishining oʻzi yetarli.

 

Bunday ariza asosida ish beruvchi хodimga ta’til berish haqida buyruq chiqaradi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_