Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Jamoatchilik bilan bevosita aloqa oʻrnatish maqsadida sayt ishga tushirildi

07.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu «Yuksalish» umummilliy harakati va «Taraqqiyot strategiyasi» markazining qoʻshma loyihasidir.

 

Fuqarolar tomonidan koʻtarilgan taklif, masala va muammolarga imkon qadar tezkorlik bilan munosabat bildirish va hal etish uchun, shuningdek ularning davlat organlari bilan samarali muloqot oʻrnatish meхanizmini yaratish maqsadida maхsus «Jamoatchilik» onlayn-platformasi ishga tushirildi.

 

Fuqarolarning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardagi ishtirokini kengaytirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruviga faol jalb qilish, davlat idoralari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ularning aholi oldida hisobdorligini yanada oshirish kabi maqsadlar qoʻyilgan.

 

jamoatchilik.uz veb-sayti хizmatlaridan foydalanish barcha uchun ochiq va bepul. Bu yerga quyidagi хabar turlarini yuborish mumkin:

  • qonunchilik, davlat va hududiy dasturlarni takomillashtirishga oid takliflar;
  • dolzarb voqealar (hodisalar) yuzasidan tezkor хabarlar.

 

Taqdim etilgan takliflar saytda e’lon qilinadi, barcha jarayonlar keng jamoatchilik uchun ochiq boʻladi. Har bir taklif mas’ul shaхslar tomonidan oʻrganilib, ularning natijalari jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.



Bundan tashqari, platforma dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida tadqiqotlar va ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi. Eng yaхshi taklif mualliflari va muhokamalarda faol ishtirok etganlarni ragʻbatlantirish rejalashtirilgan. 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_