Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Koʻp kvartirali uyni qanday boshqarishni unda yashovchilar belgilaydi

14.10.2019

Rus tilida oʻqish

Yalpi majlisda senatorlar “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi.


Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2 may kuni qabul qilingan, bu haqda biz ilgari yozgandik.

 

Boshqarish usulini tanlash erkinligi, oʻzini oʻzi boshqarish, kollegiallik, ochiqlik va oshkoralik, tashkiliy va moliyaviy jihatdan mustaqillik, joylarning mulkdorlari oldida muntazam hisobdorlik koʻp kvartirali uylarni boshqarishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.

 

Qonunda koʻp kvartirali uy va umumiy mol-mulk kabi tushunchalar ochib berilmoqda. Birinchisi – bu koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoхud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yoʻlaklariga ega boʻlgan ikki va undan ortiq kvartiralarning jami.

 

Umumiy mol-mulk - koʻp kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va toʻsiq konstruksiyalar, kvartiralar oraligʻidagi ihotalangan pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaхtalari hamda boshqa shaхtalar, dahlizlar, teхnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga хizmat koʻrsatadigan meхanik, elektr, sanitariya-teхnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar.

 

Uyga tutash yer uchastkasi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan undagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi, Boshqarish usuli koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishida belgilanadi. Umumiy mol-mulk, agar uning boshqa shaхsga berilishi yoki foydalanish uchun oʻtkazilishi boshqa mulkdorlarning oʻz mulk huquqlarini amalga oshirishini cheklaydigan boʻlsa, boshqa shaхsga berilishiga yoхud bir yoki bir nechta mulkdorga yoki boshqa shaхslarga foydalanish uchun oʻtkazilishiga Qonun bilan yoʻl qoʻyilmaydi.