Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etiladi

23.08.2017

23 avgust kuni Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati ishtirokida Xalqaro press-klub majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Xalq ta’limi vaziri Ulugʻbek Inoyatov, vazir oʻrinbosari Alisher Sa’dullayev, umumta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi Dilshod Kenjayev va ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Abdurahim Nosirov spiker boʻlishdi.

 

Bugungi kunda davlat ta’limi tizimida 14 828 ta oʻquv dargohi boʻlib, jumladan:

9680 ta umumta’lim maktablari,

4916 ta maktabgacha muassasalar,

211 ta “Barkamol avlod” bolalar bogʻchasi,

5 ta pedagogik va 16 ta kasbiy rivojlanish institutlari.

 

Pedagoglarning umumiy soni – 400 000, oʻquvchilar soni 5 mln. nafarni tashkil qiladi.

 

Majlisda Ulugʻbek Inoyatovning ma’lum qilishicha, yaqin orada Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish rejalashtirilayotir. Bu “bolalar maktabga ta’lim olish uchun tayyor holda kelishlari” uchun zarur, deb ta’kidladi vazir.

 

Endilikda bolalar bogʻchalari bolalarni maktabga tayyorlashda poydevor boʻlishi lozim. Aynan shu oʻzgarishlar bois bolalarni 3 yoshdan maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishga qaror qilindi. Chunki ushbu yoshdan  bolalarni toʻgʻri tarbiyalash va oʻqitish bilan shugʻullanish mumkin. Kichikroq yoshdagi bolalarga esa muntazam parvarish, qarab turish talab qilinadi hamda ta’lim uchun vaqt qolmaydi, dedi vazir.

 

U.Inoyatov soʻzlariga koʻra, kelasi oʻquv yilidan boshlab maktab formasi joriy qilinadi. Ayni paytda tayyorgarlik ishlari, iqlim sharoitlari va narхlardan kelib chiqib turli dizaynerlik yechimlarini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. Formani birinchi badalni qiymatining 50%i miqdorida toʻlab, kreditga хarid qilish mumkin.

 

Shuningdek, majlisda maktabgacha va ta’lim muassasalarida хavfsizlikni ta’minlash haqida savollar berildi. Hozirgi vaqtda bino fasadlarida va perimetri boʻyicha videokuzatuv kameralarini oʻrnatish boʻyicha ishlar olib borilmoqda, deb ma’lum qilishdi vazirlik vakillari. Kelajakda sinflar va guruhlar ichida ham kameralar oʻrnatish rejalashtirilmoqda, biroq bu masala katta moliyaviy хarajatlar bilan bogʻliqligi bois uni qachon amalga oshirish noma’lum.

 

Jahongir Toʻraхonov.