Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Moliya vazirligi 2018 yil uchun byudjet boʻyicha takliflarni qabul qilmoqda

26.04.2017


Moliya vazirligi 2018 yilgi soliq-byudjet siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qildi. Shu bois keng jamoatchilikka oʻz takliflarini bildirish taklif etilgan.

 

“Manfaatdor vazirlik va idoralar, davlat ilmiy va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va fuqarolarni 2018 yil uchun ishlab chiqilayotgan soliq-byudjet siyosati Konsepsiyasini ishlab chiqish jarayonida fikr-mulohazalari va takliflari bilan faol qatnashishlarini soʻraymiz”,  – deyiladi хabarda.

 

Konsepsiya boʻyicha takliflarda quyidagilar inobatga olinishi kerak:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarida, shuningdek, 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirish strategiyasida belgilab berilgan maqsad va ustuvor vazifalarni amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan  chora-tadbirlar;
  • хususiy mulkning rolini yanada oshirish, tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, shuningdek makroiqtisodiy mutanosiblikni va barqaror iqtisodiy oʻsishni saqlashni ta’minlash boʻyicha choralar;
  • davlat qarzining asossiz ravishda oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, aholi daromadlarining oʻsishi va turmush darajasining yanada oshishini ta’minlash;
  • byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromad bazasini oshirish va tumanlar (shaharlar) mahalliy byudjetlari mustaqilligini oshirish;
  • byudjet va soliq siyosatiga taalluqli boshqa yoʻnalishlar.

 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, byudjetni rejalashtirish va moliyalashtirish boʻyicha yangi yondashuvlar asosidagi hamda amaldagi soliq tizimini chuqur tahlil etgan holda takliflarni berishga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilgan.

 

Takliflarni Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markaziga quyidagi manzil boʻyicha yuborish lozim: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 29 (moʻljal: Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (4-qavat). E-mail: info@tcmf.uz, Otaboyeva Sevara 239-12-81; 239-19-18.