Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Nima uchun dollar bunday sur’atda oʻsib bormoqda

12.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Markaziy bank 10 avgustdan valyutalarning yangi kursini e’lon qildi va Oʻzbekiston soʻmining keskin kuchsizlanishi nima bilan bogʻliqligini tushuntirdi.

 

Bunday vaziyatning shakllanishiga bir qator tashqi va ichki omillar sabab boʻlmoqda.

 

Tashqi omillar. Joriy yilning iyul oyidan boshlab Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkor davlatlari (Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy) milliy valyutalari almashuv kursining qadrsizlanish tendensiyasi kuzatilmoqda va bu, oʻz navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi boʻyicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir koʻrsatmoqda.

 

Ichki omillar, asosan, import qiluvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хorijiy valyutaga boʻlgan talabning oʻsib borishi bilan bogʻliq.

 

Ichki valyuta bozorida talab va taklif hajmlari ma’lum bir darajada barqaror shakllangan davrda, Markaziy bankning intervensiyalari ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olish natijasida hosil boʻlgan qoʻshimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish bilan birgalikda, valyuta kursini qisqa muddatli tebranishlarini pasaytiruvchi instrument sifatida qoʻllanib kelinadi.

 

Bunda ichki valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatni inobatga olib, Markaziy bank intervensiyalarni amalga oshirishda valyuta kursi kunlik tebranishining kengaytirilgan koridorini qoʻllash meхanizmiga oʻtmoqda.

 

Markaziy bank almashuv kursining valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatga qisqa muddatli kurs tebranishlarning davom etishi хamda keyinchalik fundamental trendiga qaytishi hisobiga katta boʻlmagan oʻzgarishlar bilan moslashib olishi mumkinligini bildiradi.