Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Noshirlarni qanday oʻzgarishlar kutmoqda

08.11.2019

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 6 noyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisida qator qonun loyihalari, shu jumladan yangi tahrirdagi «Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

 

Loyihada noshirlik faoliyatining asosi hisoblangan «nashr» tushunchasiga ta’rif berilgan. Ushbu soha sub’yektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish usullarini aniqlash bilan birga, ularning huquq va majburiyatlari ham belgilangan. Hujjatdan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida»gi Qonun va «Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning amaldagi tahririga muvofiq takrorlangan normalar chiqarib tashlandi, 50 dan ortiq tahririy tuzatishlar kiritildi.

 

Qonun loyihasining qabul qilinishi yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, estetik ehtiyojlariga mos sifatli kitoblarni nashr etish, kitoblarni qulay narхlarda joylarga, shu jumladan ta’lim muassasalariga yetkazib berish imkonini yaratadi. Qonun milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, oʻsib kelayotgan avlodda bolalikdan kitobga mehr uygʻotish, ularda elektron kitoblarni oʻqish qobiliyatini shakllantirish, umuman mutolaa madaniyatini yuksaltirish uchun asos boʻladi.

 

Qonun loyihasi ishlab chiqarilayotgan bosma mahsulotning qat’iy adadiy auditini ta’minlash, noshirlik sohasi ahvolining statistikasini shakllantirish va rivojlanish dinamikasini rejalashtirishni ta’minlash, хalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilayotgan bosma mahsulotlarning hisobi yuritilishini tashkil qilish imkonini beradi.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_