Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Oliy Majlis Senatining XIV yalpi majlisi 23 aprel kuni boʻlib oʻtadi

09.04.2021

Rus tilida oʻqish

2021 yil 8 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisini 2021 yil 23 aprel kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. Ular orasida:

  • “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi;
  • “Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi;
  • “Fazoviy ma’lumotlar toʻgʻrisida”gi;
  • “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi;
  • “Psiхiatriya yordami toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni ta’sis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2019 yil 31 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari.

 

Hisob palatasi, Bosh prokurorning prokuratura organlarining faoliyati toʻgʻrisida, Markaziy bank boshqaruvi raisining hisobotlari eshitilishi nazarda tutilgan.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_