Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Oliy sud 40 ta internet-resursni ekstremistik deb topdi

10.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi oʻz rasmiy saytida ularning roʻyхatini e’lon qildi.

 

Eslatib oʻtamiz, «Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, ekstremizm – ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, hokimiyatni zoʻrlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini oʻzlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodaci.

 

Ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni OAVda yoхud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi. Aniqlangan bu turdagi ob’yektlar yoʻq qilinishi yoki olib tashlanishi kerak, internet-resurslardan foydalanish cheklanadi.

 

Shunga koʻra, Oliy sudning 2019 yil 12 martdagi hal qiluv qaroriga koʻra, najot.info va hizb-uzbekiston.info saytlari hamda Facebook, Youtube va Telegram dagi bir qator profil, kanal va sahifalar ekstremistik va terroristik deb topildi.

 

Oʻzbekistonda taqiqlangan ekstremistik resurslarning toʻliq roʻyхati bilan bu yerda tanishish mumkin.