«Biz byudjetdan tashqari tashkilotmiz. PF-35-son 3-b. 5-хatboshiga muvofiq (01.01.2023 yildan boshlab kuchini yoʻqotgan) byudjetdan tashqari tashkilotlarda qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda va kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishilgan holda mahalliy hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Amaldagi PF-270-son farmonda bunday band va unga oʻzgartirishlar yoʻq. Qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar boʻlgan 2 yanvar, 24 aprel va 30 iyunni besh kunlik ish haftasi uchun dam olish kunlari (shanba va yakshanba kabi) deb hisoblash kerakmi? Yoki ushbu qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni tashkilotning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda haq toʻlanadigan ta’til kunlari sifatida taqdim eta olamizmi?».
Savolga ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– 20.12.2021 yildagi PF-35-son farmoni oʻz kuchini yoʻqotgani sababli, 2023 yil 1 yanvardan boshlab qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar barcha mulkchilik shaklidagi tashkilotlarda mehnat ta’tillari davomiyligini qisqartirish hisobiga emas, balki ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritilmaydigan qoʻshimcha dam olish kunlari sifatida taqdim etiladi.
2023 yil 24 aprel, dushanba ham qoʻshimcha dam olish kuni boʻlganiga va tegishincha, besh kunlik ish haftasi uchun koʻchirish 24 apreldan 29 aprelga nazarda tutilgan PF-270-son farmonning 3-bandidan Farmonning 1-bandiga koʻchirilganiga qaratamiz.
Davomini kadrovik.uz da oʻqing.