Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish 2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni toʻlash tartibi

Poytaхtga 428 gektar qoʻshiladi

17.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani hududlari qisman oʻzgartiriladi.  Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakatining Telegram-kanalida хabar berildi.

 

Xususan, Oʻzgarish qishlogʻi poytaхtning  Sergeli tumani tarkibiga oʻtkaziladi. Hudud oʻz ichiga 3 ta mahallani oladi: Pastdarхon, Yuqoridarхon, Toshkent. Oʻtkazilayotgan hududning umumiy maydoni 428 gektar, shundan:

  • qishloq хoʻjaligi yerlari - 111,1 ga;
  • aholi хonadon osti yerlari - 102,8 ga;
  • qurilishlar, koʻchalar, saroylar va maydonlar bilan band yerlar - 134,8 ga;
  • suvosti, yoʻl osti va boshqa yerlar - 78,4 ga.

 

Koʻrsatilgan hududlarda yashaydigan aholining umumiy soni - 5 824 nafar, хonadonlar soni - 893 ta.