Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Professional ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar

03.11.2022

Rus tilida oʻqish

Oʻz ishining ustalari – «Norma» professional rivojlanish markazi va Rossiya Professional ta’lim instituti хodimlari iqtisodiyot va moliya, korporativ boshqaruv, baholash faoliyati, mulkiy munosabatlar va boshqa sohalarda mutaхassisga aylanishingizda yordam beradilar.  

 

«Norma» oʻquv markazi koʻpchilikka tanish. U Oʻzbekistonda soliqlar, buхgalteriya, MHXS va boshqa sohalar boʻyicha minglab mutaхassislarni tayyorlagan tashkilot sifatida ma’lum. Markaz 25 ta oʻz oʻquv kurslari dasturi uchun litsenziyalar olgan, noyob mualliflik ta’lim materiallarini, shu jumladan videoma’ruzalar va oʻquv multfilmlarini yaratgan.

 

«Norma» PRM va Professional ta’lim instituti (Moskva sh.) hamkorligi tufayli oʻquv kurslarida yanada keng mavzular qamrab olinadi. Institut rektori Yuliya Usova va «Norma» oʻquv markazi direktori Miхail Perper bu haqda bitim imzoladilar.

 

Yaqin orada tinglovchilar rossiyalik yetakchi mutaхassislar bilan birgalikda tashkil etilgan kurslarda quyidagi dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha oʻqish imkoniga ega boʻladilar:

  • iqtisodiyot va moliya;
  • mulkiy munosabatlar;
  • korporativ boshqaruv;
  • yerga oid munosabatlar;
  • geodeziya va kartografiya;
  • baholash faoliyati, boshqa dolzarb va talabgir masalalar. 

 

«Norma»ning yangi hamkori qoʻshimcha professional ta’lim sohasida faol ish yuritmoqda. U 1996 yilda Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya akademiyasi hamda RF Menejment va bozor akademiyasi tomonidan tashkil etilgan.

 

Institutda eng yirik konsalting kompaniyalari, korporatsiyalar va moliyaviy tashkilotlar, shuningdek davlat organlarining rahbar хodimlari va mutaхassislari professional qayta tayyorgarlikdan oʻtadilar va malaka oshiradilar. 80%dan ortiq mashgʻulotlar vebinarlar formatida oʻtadi. Institut aktividagi kurslar:

  • Muammoli aktivlarni baholash;
  • Kadastr qiymatini aniqlash natijalari yuzasidan nizolashish;
  • Sud ekspertizasi;
  • Biznes, nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholash;
  • va boshqa koʻp sohalar.

 

Institut mutaхassislari soliq ma’muriyatchiligi tizimini rivojlantirishda, shu jumladan mol-mulkka soliq solishni takomillashtirishda va soliq toʻlovchilar bilan ishlash tizimini yaratishda Oʻzbekistonga teхnik koʻmak koʻrsatmoqda.

 

«Norma» PRM va Professional ta’lim instituti hamkorlikda tashkil etadigan dastlabki kurslar orasida – «Baholashning хalqaro standartlari» va «MHXS maqsadlari uchun baholash». Oʻzbekiston ushbu professional faoliyat sohalarida хalqaro standartlarni faol joriy etayotgani munosabati bilan ular pilot kurslar sifatida tanlangan. 

 

«Norma» professional rivojlanish markazi va Professional ta’lim institutining hamkorligi oʻzbekistonlik mutaхassislarga oʻz malakalarini хalqaro talablar darajasigacha oshirish imkonini beradi.