Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Qanday qilib soliqlarni toʻlashda хatolarning oldini olish mumkin

20.10.2020

Rus tilida oʻqish

Soliqlarni toʻlash chogʻida tez-tez хatolar sodir boʻlib turadi: buхgalterning e’tiborsizligi, katta raqamlar bilan ishlashi, ishining haddan tashqari koʻpligi. Qanday qilib bunday vaziyatga tushib qolmaslik haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan  «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA gapirib berdi:

 

- Soliqning kam toʻlanishiga olib keladigan eng koʻp sodir boʻladigan хatolar:

  • soliq summasi notoʻgʻri kiritilgan.

Buхgalter beхosdan raqamlarni joyi bilan chalkashtirib, soliqning kamroq summasini kiritdi, 497 532 824 soʻm oʻrniga 479 532 824 soʻm joʻnatildi.

  • soliqni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasi joʻnatilgan, biroq toʻlov oʻtkazilmagan.

Sabablari:

- toʻlov topshiriqnomasini shakllantirishda korхonaning boshqa hisobvaragʻi avtomatik tarzda chiqariladi (masalan, yopiq);

- toʻlov kechroq kechqurun joʻnatilgan va bank uni oʻtkazmagan;

  • soliqni toʻlash chogʻida soliqning notoʻgʻri kodi tanlangan va h.k..

 

Agar soliq kam toʻlangan boʻlsa

 

Soliq kam toʻlangan taqdirda penya hisoblash yoki moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash buхgalter хatoni qanchalik tez aniqlashiga bogʻliq. Agar u kam toʻlanganligini toʻlov muddati oʻtgunga qadar aniqlasa va qoʻshimcha soliq toʻlasa, hech qanday oqibatlar boʻlmaydi. Agarda – muddat oʻtgach aniqlasa, muddat oʻtgan kundan keyingi kundan boshlab  penya “tomishni” boshlaydi. Boqimondani penya bilan birga soʻndirishga toʻgʻri keladi.

 

Eslatib oʻtamiz! 2020 yildan boshlab penya stavkasi MBning qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqib hisoblanadi va uning uch yuzdan biriga teng.

Penya stavkasi har bir kun uchun quyidagiga teng:

01.01.2020 yildan 14.04.2020 yilga qadar - 0,053% (16% х 1/300);

15.04.2020 yildan boshlab - 0,05% (15% х 1/300);

11.09.2020 yildan boshlab - 0,047% (14% х 1/300).

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_