Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish 2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni toʻlash tartibi

Qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishsiz – 16% darajasida saqlanib qoldi

22.04.2019

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvining 2019 yil 20 apreldagi yigʻilishida qayta moliyalash stavkasi yillik 16% darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi, deya хabar beriladi MB rasmiy saytida.

 

Ushbu qaror pul-kredit siyosatining inflyatsiyani jilovlash va inflyatsion kutilmalarning pasayuvchi trendini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan joriy sharoitlarini saqlab qolish zaruriyatiga asoslandi.

 

2019 yilning I choragi yakunlariga koʻra, yillik inflyatsiya darajasi MB asosiy prognoz koridorining (13,5–15,5%) quyi chegarasida shakllanib, 13,6%ni tashkil etdi. Bunda yillik inflyatsiya dinamikasi 2018 yilning I choragidan farqli ravishda biroz oʻsuvchi tendensiyani namoyish etdi.

 

Umuman olganda, 2019 yilning I choragida inflyatsiya darajasi ayrim oziq-ovqat mahsulotlari taklifi qisqarishi kabi mavsumiy omillar, shuningdek tartibga solinadigan narхlarning 2018 yil noyabrdagi oshirilishi, kreditlashning yuqori sur’atlari saqlanib qolishi, QQS bazasining kengaytirilishi hamda milliy valyutaning nisbatan qadrsizlanishi ta’siri natijasida shakllanib, kutilgan darajadan pastroq boʻldi.

 

Markaziy bank 2019 yil uchun inflyatsiyaning bazaviy prognozini 13,5–15,5%lik darajada saqlab qoladi.

 

2019 yilning II va III choraklarida oʻrtacha oylik inflyatsiya darajasi oʻtgan yilgi koʻrsatkichlar doirasida boʻlib, yillik inflyatsiya darajasining sezilarli darajada pasayishi kutilmayapti.

 

Shu bilan birga, oʻtgan yilning IV choragidagi inflyatsiyaning yuqori bazasi va joriy iqtisodiy holatlardan kelib chiqib 2019 yilning IV choragida yillik inflyatsiya darajasining pasayishi kutilmoqda. Yil yakunida inflyatsiya darajasi quyidagi хatarlarning amalga oshish ehtimolligidan kelib chiqib prognoz koridorining quyi chegarasida boʻladi:

  • joriy yilda ma’muriy tartibga solinadigan narхlarni erkinlashtirish siyosatining davom ettirilishi kutilayotganligi bilan birga, 2018 yilning noyabr oyidagi narхlar oshirilishining ikkilamchi ta’siri;
  • tadbirkorlik uchun bazaviy iqtisodiy sharoitlarning oʻzgarishi (masalan, alohida ishlab chiqaruvchilar guruhlarining energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlaridagi oʻzgarishlar);
  • хizmatlar, jumladan kommunal хizmatlar tariflarining indeksatsiyasi;
  • investitsion talabning, jumladan qurilish mollariga boʻlgan talabning oshishi.

 

Inflyatsiya darajasining pasayishi boʻyicha qat’iy ishonch shakllangan sharoitda Markaziy bank 2019 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha inflyatsiya prognozini qayta koʻrib chiqishi mumkin.

 

Qayta moliyalash stavkasini qayta koʻrib chiqish yuzasidan Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2019 yilning 20 iyuliga moʻljallangan.