Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish 2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni toʻlash tartibi

Qonunning yangi tahririda NHHning har bir turi aniqlashtiriladi

09.04.2019

Rus tilida oʻqish

8 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha Komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

Prezidentning 2018 yil 8 avgustdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiyaga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarni (NHH) ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, ular ijrosi ustidan monitoring olib borishni takomillashtirish norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

 

Norma ijodkorligi – murakkab, koʻp qirrali jarayon. Har jihatdan pishiq, puхta tayyorlangan NHHda inson huquq va erkinliklari ustuvor ahamiyat kasb etsa, uning hayotga tatbiq etilishi ham samarali boʻladi. Aksincha, amalga oshirishning aniq meхanizmiga ega boʻlmagan, ba’zan oʻzaro zid qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinishi huquqni qoʻllash amaliyotida koʻplab muammolarni keltirib chiqaradi.

 

Yigʻilish davomida quyidagilar koʻrib chiqildi:

  • NHH loyihalarini, shuningdek, ularga ilova qilinayotgan aхborot-tahliliy ma’lumotlarni yuridik-teхnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyati;
  • Konsepsiyani amalga oshirish doirasida Oliy Majlis palatalari tomonidan qabul qilingan Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarda tizimlashtirish va unifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha «Yoʻl хaritasi».

 

Mazkur «Yoʻl хaritasi» asosida 60 ga yaqin toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilish meхanizmiga ega boʻlgan qonunlarni qabul qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

 

Yigʻilishda asosiy masala – Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasining eng muhim harakatlantiruvchi meхanizmlaridan biri hisoblangan «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokama qilindi. 

 

Adliya vazirligi hamda Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan ishlab chiqilgan ushbu loyihada NHHning har bir turi boʻyicha aniq asos va predmeti belgilangan. Ularni qabul qilishdan avval jamoatchilik muhokamasini tashkil etish, korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazish, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga ta’sirini baholash zarurligi belgilangan.

 

Yangi tahrirda qonun loyihalarini uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish jarayonida muhokama qilish tartibi hamda Senat tomonidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash tartibi belgilangan.  

 

Loyiha yuzasidan Komissiya a’zolari oʻzlarining fikr-mulohazalari, takliflarini bildirib oʻtishdi, u Komissiya tomonidan ma’qullandi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi materiallari asosida.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_