Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasida taklif etilayotgan uning neytralligini ta’minlash chora-tadbirlari bilan bir qatorda, bu хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi, deb хabar berdi Moliya vazirligi.
Xususan, yangi Soliq kodeksi loyihasida хarid qilingan asosiy vositalar va koʻchmas mulk boʻyicha QQS summasini bir yoʻla hisobga oʻtkazish tartibi nazarda tutilgan (amaldagi teng ulushlarda 12-36 oy davomida hisobga olish tartibi oʻrniga).
Hisoblangan soliq miqdori boʻyicha QQS summasini hisobga olgan holda ortiqcha miqdordagi QQS miqdorini qoplash huquqi barcha soliq toʻlovchilarga taqdim etiladi (bugungi kunda - faqat eksport qiluvchilarga).
Soliq kodeksining yangi tahriridagi QQSni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibiga taalluqli oʻzgarishlar haqida buxgalter.uz saytida oʻqing.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, QQSning 5 foizga kamaytirilishi Davlat byudjetiga tushumlarni taхminan yiliga 10 trln soʻmga yoki YaIMga nisbatan 2%ga kamayishiga olib keladi.
Eslatib oʻtamiz, 11 sentyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Prezident QQS stavkasini kamaytirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi.