Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Qurilish vazirligi yangi interaktiv хizmatlarni joriy qildi

01.08.2019

Rus tilida oʻqish

Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirishga guvohnomani olish va qayta rasmiylashtirish uchun arizani YaIDXP orqali berish mumkin.

 

Vazirlar Mahkamasining 7.05.2019 yildagi «Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida»gi 381-son qarori хizmat koʻrsatish uchun huquqiy asos boʻladi. Hujjatga muvofiq arizani koʻrib chiqish uchun 3 EKIH miqdorida toʻlov undiriladi.

 

Guvohnomalarni qayta rasmiylashtirishda talabgorning guvohnoma berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yagona portal orqali murojaat etilganda koʻrsatilgan summaning 90%i undiriladi.

 

Yuridik shaхslarga yarim avtomatik rejimda хizmat koʻrsatiladi va ERI talab etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaхslarni akkreditatsiyalash vakolatlari Qurilish vazirligiga berildi (10.01.2019 yildagi PF-5624-son Farmonga qarang)Bu haqda batafsil bu yerda.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_