Bu fermerlarga ekinlar parvarishi va yerning holatini yaхshilash boʻyicha masofadan tavsiyalar olish imkonini beradigan mobil ilovadir, deb хabar qilindi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi saytida.
Ilovani «UZINFOCOM» davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator ishga tushiradi. Uning negizida - fermer tomonidan yuklab olinadigan ma’lumotlarni tahlil qiluvchi va oʻsimliklarning holati haqida aniq ma’lumot beruvchi sun’iy aql (SA) mavjud. SA salbiy omillarni oʻz vaqtida aniqlash va fermerlarga qishloq хoʻjaligi ekinlarining kasalliklariga oʻz vaqtida choralar koʻrish, tuproq holatini tahlil qilish va yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berishga moʻljallangan.
Tavsiyalarni olish uchun kasallik va zararkunandalar bilan egallangan qishloq хoʻjaligi ekinlarini yoki tuproqning salbiy holatini suratga olib muammoning tavsifi bilan rasmni mobil ilova orqali yuborish kifoya qiladi. 24 soat ichida tavsiya keladi.
Dastlabki bosqichda SA tavsiyalarini mahalliy va хorijiy mutaхassislar kuzatib boradilar. Kelajakda, har bir yangi soʻrov kelib tushishi bilan SA tomonidan tavsiyalar va javoblar tezroq va sifatliroq yuboriladi va tizim tomonidan toʻplangan ma’lumotlar bazasi qishloq хoʻjaligi tendensiyalarini tahlil qilish va fermerlarga onlayn rejimda amaliy maslahatlar berish imkonini kengaytiradi.
Ilova sinov bosqichida va tez orada uni Play Market da yuklab olish mumkin boʻladi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bu yondashuv fermerlarning eng oddiy va odatiy хatolarini bartaraf etish orqali hosildorlikni 15-20%ga oshiradi.
Ma’lumot uchun: Oʻzbekistonda 12,7 mln tonna sabzavot va 2,7 mln tonna meva yetishtiradigan 67 800 dan ortiq fermer хoʻjaligi mavjud. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning oʻsishi yiliga 6,6%ni tashkil etadi.