YHQ buzilishi haqidagi videoni qabul qilish boʻyicha IIV sayti - dyhxx.ejarima.uz ish boshladi.
Ushbu yangilikdan oldin amalga oshirilgan ishlar haqida – bu yerda va bu yerda.
Faqat videoregistrator orqali amalga oshirilgan videofayllar qabul qilinadi. Yuboriladigan materiallarga talablar:
- fayl suratga olingan paytdan boshlab 3 kun ichida yuborilishi zarur;
- videoda suratga olish sanasi va vaqti boʻlishi kerak;
- syujetning davomiyligi – 120 soniyadan ortiq emas;
- faylning oʻlchami 720×480 pikseldan kam boʻlmasligi kerak.
Toʻхtash qoidalari buzilishi haqidagi arizaga ikkita videofayl taqdim etish lozim. Ikkinchisi birinchisidan kamida 10 daqiqa keyin suratga olinishi kerak.
Ariza tushgan paytidan e’tiboran uch kun ichida koʻrib chiqiladi. Huquqbuzarlik tasdiqlangan video yuborganlar EKIHning 5%i miqdorida pul mukofoti oladilar. Ragʻbatlantirish mukofoti huquqbuzar tomonidan jarima toʻlanishi bilan oʻtkaziladi.
Kommentarii (2)
Dobavit kommentariyGost_Sarik :
yol qoidasi umr foydasi
Gost_Sardor Karimov :
Da