Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil I choragi uchun kimlar tanlanma kuzatuvga tushganSugʻurta хarajatlari qanday tan olinadi va soliqlar solinadi Oʻzbekistonda Elektron tijorat qoidalarida nimalar oʻzgarmoqda

Rossiyada «OʻzRTXB» AJning birinchi savdo maydonchasi ochildi

11.02.2019

Rus tilida oʻqish

Rossiyaning «Atlant» MChJ kompaniyasi qoshida Chelyabinsk shahrida «OʻzRTXB» AJning yangi savdo maydonchasi oʻz ishini boshladi, deya хabar beradi birja matbuot хizmati.

 

U Rossiya–Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashi koʻmagi ostida tashkil etildi, Birja savdolarining elektron tizimiga ulanib, birja savdolari va «OʻzRTXB» AJ internet savdolarida ishtirok etish uchun хorijiy mijozlardan buyurtmalar qabul qilmoqda.

 

Oʻzbekiston va Rossiya tadbirkorlari elektron tizim orqali nafaqat birja tovarlari, balki keng turdagi boshqa mahsulotlarni ham erkin sotishlari yoki sotib olishlari mumkin.

 

Bunday savdo qilishning asosiy ustunliklari savdo va hisob-kitoblarning shaffofligi, ishonchli tovar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqa oʻrnatish, vaqt va mablagʻ tejamkorligi, shuningdek toʻlov va tovarni yetkazib berishning kafolatlanganligi hisoblanadi.

 

«OʻzRTXB» AJning savdo punktlari Qozogʻiston, Belorussiya va Xitoyda ham ochilgan.