Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Senat 5-yalpi majlisga 19 iyun kuni yigʻiladi

12.06.2020

Rus tilida oʻqish

 

Parlament yuqori palatasining 11 iyun kuni boʻlib oʻtgan majlisida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Yalpi majlisda videokonferensaloqa shaklida oʻtkaziladi. Tasdiqlangan kun tartibiga bir qator qonun hujjatlari kiritilgan:

 

birinchidan,   “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi, “Ov qilish va ovchilik хoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi toʻgʻrisida”gi, “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar, shuningdek:

  • 2007 yil 27 iyundagi Shanхay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019 yil 29 aprel) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi;
  • boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi Protokolga (Jeneva, 1925 yil 17 iyun) qoʻshilish haqidagi qonunlar;

 

ikkinchidan,Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga,  Jinoyat-ijroiya kodeksiga va boshqa ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlar.

 

Shuningdek, senatorlar adliya vazirining aхboroti va Samarqand viloyati hokimining hisobotini eshitadilar hamda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar haqida parlament soʻrovlari yuborish masalasi koʻrib chiqadilar:

  • yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati toʻgʻrisida;
  • chiqindilar bilan bogʻliq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan.