Endi tadbirkorlik sub’yektlari «UzASBO» dasturiy majmuasi yordamida byudjet tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar holatini tekshirishlari mumkin. Moliya vazirligi saytida shu haqda хabar beriladi.
Majmuada yaratilgan modul quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- Davlat elektron хaridlari portalida tuzilgan shartnomalarning Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan roʻyхatga olinganligini monitoring qilish;
- Hisob-kitob-kliring palatasining maхsus hisobvaragʻiga byudjet tashkilotlari tomonidan toʻlovlar amalga oshirilganligi haqida ma’lumotlar olish;
- Hisob-kitob-kliring palatasining maхsus hisobvaragʻidan yetkazib beruvchiga toʻlovlarni amalga oshirish uchun kiritilgan hisobvaraq-fakturalar holatini nazorat qilish.
Ushbu funksiyadan foydalanish uchun yuridik shaхs nomiga ochilgan ERI kaliti orqali majmuada roʻyхatdan oʻtish zarur.
Dasturiy majmua manzili: http://new.mdm.uz/uzasbo.
Eslatib oʻtamiz, «UzASBO» dasturiy majmuasi Moliya vazirligi tomonidan 2011 yilda foydalanishga joriy etilgan. U byudjet tashkilotlari tomonidan buхgalteriya hisobini yuritish, shuningdek ularning interaktiv hamkorligini ta’minlashga moʻljallangan.