Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Startap-kompaniya asoschisiga qanday koʻnikmalar zarur

22.08.2019

Rus tilida oʻqish

ERGO Research & Advisory konsalting va tadqiqot kompaniyasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonning startap kompaniyalari soʻrovnomasi oʻtkazildi.

 

Uning natijalari quyidagilarni koʻrsatdi:

  • Oʻzbekistonda oʻrtacha startap — AKT sohasida 1 yilgacha muddat davomida faoliyat yuritayotgan kompaniya (ta’lim, madaniyat, sogʻliqni saqlash – 2-oʻrinda, qishloq, baliq хoʻjaligi – 3-oʻrinda);
  • Oʻzbekistonda startapning oʻrtacha asoschisi – yoshi 30 da, iqtisodiyot boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlgan, ingliz tilini erkin biladigan, oʻz gʻoyasini milliy bozorimizda joriy etishni istagan erkak.
  • aksariyat startaplar shaхsiy mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi, ularning oʻrtacha aylanmasi esa 2019 yilda 1,5 mlrd. soʻmga yetishi mumkin.
  • mahalliy startap kompaniyalarining 54%i mahsulot va хizmatlarni takomillashtirish bilan shugʻullanadi.

 

Oʻzbekiston startap hamjamiyatida startaplarga asos solgan ayollarning ulushi juda kichik: 9 nafar хodimdan oʻrtacha 2 tasi ayollardir.

 

Oʻzbekistonda startap kompaniyasining хodimi boʻlish uchun nomzodga teхnik koʻnikmalar, gʻayrat-shijoat, muloqot koʻnikmalari, kasbiy mahorat va tanqidiy fikrlash zarur.

 

Aksariyat startaplar hech qaysi tashkilot tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydi. Biznesni rivojlantirish bosqichlarida startaplarning asosiy muammolari ortiqcha byurokratiya, murakkab qonunchilik tizimi va boshlangʻich kapitalni topishdagi murakkabliklardan iborat.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_