Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish 2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni toʻlash tartibi

Tashuvchilarimiz Turkiya portlarida yuklarni ortishlari mumkin

21.08.2019

Rus tilida oʻqish

Turkiya Hukumati Oʻzbekiston avtotashuvchilariga qaytishda Turkiya portlarida yuklarni ortish huquqini berdi, deb хabar qilinadi TIV rasmiy saytida.

 

Tegishli qaror 2019 yil 14 avgust kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan tomonidan imzolangan.

 

Ushbu choralar 2017 yil 25 oktyabrda Oʻzbekiston Prezidentining Turkiyaga tashrifi chogʻida imzolangan Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobilda хalqaro tashish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni amaliy tatbiq etish doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, yuqorida aytib oʻtilgan hukumatlararo Bitimni amalga oshirish doirasida oʻzbekistonlik avtotashuvchilar uchun Turkiyaga 30 kunlik muddatga kirish vizalari bekor qilingan. Tegishli qaror Turkiya Respublikasi Prezidenti tomonidan 9 mayda imzolangan va 2019 yil 10 maydan kuchga kirgan.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_