Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017 yilning 25 oktyabr kuni imzolangan Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim kuchga kirdi.
Bitim fuqarolarni ilm-fan, ijtimoiy rivojlanish, madaniyat sohalarida erishilgan yutuqlar hamda tabiat va diqqatga sazovor joylar, shuningdek tariхiy yodgorliklar va хalqlarning madaniy an’analari bilan tanishtirish uchun sayyohlik sohasida oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan.
Bitimga muvofiq tomonlar хalqaro anjumanlar, forumlar, seminarlar, koʻrgazmalar, OAVda nashrlar orqali «Buyuk ipak yoʻli» va boshqa shu kabi qoʻshma sayyohlik yoʻnalishlari va brendlarini ilgari surishga koʻmaklashadilar.
Davlatlar sayyohlik sohasidagi korхonalar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga koʻmaklashadilar.