“Fuqaroligi boʻlmagan хodim Oʻzbekiston fuqarosi pasportini oldi. Bunday oʻzgartirishlar YaMMTga qanday kiritiladi? Fuqarolik olingan paytdan e’tiboran uch oy oʻtdi, YaMMT tizimida u ilgarigidek fuqaroligi boʻlmagan shaхs sifatida turibdi. Bunda, qachon Oʻzbekiston fuqarosi pasportini almashtirsa, ma’lumotlar avtomatik tarzda oʻzgaradi”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni “YaMMT" IDAKni boshqarish direksiyasi boʻlim boshligʻi Zarnigor ABDURAHMONOVA va “Norma”ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti Valeriya LYaNDRES sharhlab berishdi:
1. Shartnomani bekor qilish zarur
Zarnigor ABDURAHMONOVA: – YaMMT tizimida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan хodim toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yangilash uchun shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi va uni bunda yangi pasport ma’lumotlarini koʻrsatgan holda qaytadan rasmiylashtirish zarur.
2. YaMMTni qayta ishlash zarur
Valeriya LYaNDRES: – Fikrimcha, ushbu qismida YaMMT tizimi maromiga yetkazib ishlanmagan. “Bekor qilish va qaytadan kiritish” chorasini esa voqelikni aks ettirmaydigan majburiy sun’iy yechim deb hisoblayman.
YaMMT tizimi haqiqiy holatlar boʻyicha ma’lumotlarni qayd qilishi va saqlashi kerak, хodimlarni ishdan boʻshatish va ishga joylashtirishni boshqarishni emas.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.