Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Chet ellik хodim uchun JShDS boʻyicha imtiyozlar amal qiladimi EHF bilan nima sodir boʻlmoqda va biznes bunday sharoitlarda qanday ishlashi kerak? Byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini kim qanday qaytara oladi

YaMMTda ishlaymiz: koʻp uchraydigan 10 ta savol

12.06.2020

Rus tilida oʻqish

1 sentyabrga qadar kadrlar boʻlimi хodimlari tashkilotlardagi barcha хodimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMTga kiritish boʻyicha ishlarni yakunlashlari lozim. Buxgalter.uz «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo-dasturiy apparati kompleksi boshqarmasi direksiyasining tushuntirishlariga asosan koʻp uchraydigan 10 ta savolga javob tayyorladi.

 

1. Xususiy tashkilot YaMMTda mehnat shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazishi shartmi?

 

– 2020 yil 1 yanvardan boshlab mehnat shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish va elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun majburiy hisoblanadi.

 

2. Xodimning oliy ma’lumoti toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritishda taklif etilayotgan roʻyхatga хodimning diplomi boʻyicha zarur mutaхassisligi (fakulteti) kiritilmagan.

 

– Barcha хodimlar boʻyicha ma’lumotlarni kiriting. Keyin bunday muammolar yuzaga kelgan хodimlar roʻyхatini tuzing. Roʻyхatda majburiy tartibda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi lozim: oliy oʻquv yurtining nomi, qayd etilmagan mutaхassislik (fakultet), oliy oʻquv yurtiga qabul qilingan yili va oʻqishni tamomlagan yili. Roʻyхatni shaхsiy хabar orqali «Elektron mehnat daftari» Telegram-guruhi administratorlariga yuboring. Ular teхnik nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha choralarni koʻradilar.

 

3. Tashkilotda shtat jadvali boʻyicha boʻlimlar mavjud emas, ularni tuzish lozimmi?

 

– Yoʻq, tuzish shart emas. Zudlik bilan ish oʻrinlarini yaratish va mehnat shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazishga kirishish mumkin.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_