Oʻzbekiston dunyodagi 150 dan ortiq mamlakatlar tomonidan tan olinib, ular bilan keng hamkorlik va doʻstona aloqalar rivojlanib kelmoqda.
Bunga 2016 yil 30 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi vakillari tashrif buyurganligi yaqqol misoldir.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga adliya vaziri Muzraf Ikramov, Saudiya Arabistoni delegatsiyasiga esa adliya vaziri oʻrinbosari Yusuf bin Abdulaziz Al-Farraj rahbarlik qildi.
Mazkur tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻzining kirish soʻzi bilan ochib, Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi vakillariga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy – ijtimoiy va sud-huquq islohotlari hamda ikki davlat oʻrtasida savdo-sotiq, iqtisodiyot, fan va teхnika, madaniyat, sport va yoshlar siyosatiga oid, shuningdek ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berdi.
Ushbu uchrashuvda chet ellik vakillar davlatimizning milliy huquq tizimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy faoliyati va yoʻnalishlari bilan tanishtirildilar.
Shundan soʻng, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi rahbari Yusuf bin Abdulaziz Al-Farraj mezbon tomonga yuksak ehtirom va e’tibor uchun chin koʻngildan minnatdorchilik bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari, oʻz mamlakati Adliya vazirligining asosiy faoliyati va yoʻnalishlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
Uchrashuv va muzokaralar doʻstona hamda amaliy ruhda oʻtkazildi. Tomonlar har ikkala davlat adliya vazirliklari hamkorligi boʻyicha Memorandum loyihasi kelishuviga erishdilar va loyiha delegatsiya rahbarlari tomonidan ma’qullandi. Kelajakda bu huquqiy хujjat qabul qilingandan soʻng ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanib, turli sohadagi talay masalalar oʻz yechimini topishida yordam beradi.
Muzokalar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi vakillari ishtirokida ikki mamlakat adliya vazirliklari oʻrtasidagi anglashuv Memorandumi loyihasining muhokamasi boʻyicha kelishuv bayonnomasi imzolandi.
Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi delegatsiyasi shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va boshqa vazirlik va idoralarga tashrif buyurdi.
Ma’ruf USMANOV.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Bir darcha" markazlarini tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
Adliya organlarining vazifasi – tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish
Natijalar kelajak uchun zamin yaratadi
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar: