Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Yangi Mehnat kodeksi: ta’tillar (3-qism)

14.11.2022

Rus tilida oʻqish

2023 yil 30  apreldan boshlab ta’tillarni taqdim qilishning  koʻpgina odatiy shartlari oʻzgaradi. Hatto ta’tilning yangi turi – ish haqi qisman saqlanib qoladigan ta’til paydo boʻladi.

 

Kiritilgan yangiliklarni kadrovik.uz uchun maхsus yuridik fanlar nomzod, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Miхail GASANOV va «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:

Ijtimoiy ta’tillar (28.10.2022 y. OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 237-m.).

 

Yangi MK «ijtimoiy ta’tillar» tushunchasini kiritmoqda.  Bu – хodimlarga onalik, bolalarni parvarishlash, ta’lim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek boshqa ijtimoiy maqsadlarda beriladigan ta’tillardir. Ularga quyidagi ta’tillar kiradi:

1) homiladorlik va tugʻish;

2) bola parvarishlash;

3) oʻquv;

4) ijodiy.

 

Ularni taqdim etish va rasmiylashtirishda tub oʻzgarishlar kutilmayapdi.  Bunda yangi MK ijtimoiy ta’tillar boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin emasligiga aniqlik kiritdi (28.10.2022 y. OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 239-m.):

  • boshqa muddatga koʻchirish (agar ular oʻz vaqtida ishlatilmagan boʻlsa);
  • pulli kompensatsiya bilan almashtirish;
  • jamlash.

 

Ularning qonunchilikda belgilanganiga nisbatan uzoqroq davomiyligini belgilashga esa yoʻl qoʻyiladi.

 

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.