Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Jadval boʻyicha ta’til

05.06.2018

Rus tilida oʻqish

Ish beruvchi tasdiqlangan jadvalga koʻra boshqa vaqtda olishi kerakligini vaj qilib, хodimga yillik ta’til berishni rad etishi mumkinmi? Bu savolga mehnat munosabatlari sohasidagi ekspert Abdusalom Risqullayev javob beradi.

 

– Ta’tillarni berish vaqti va navbati Mehnat kodeksining 144-moddasi bilan tartibga solingan. Ushbu normaga muvofiq, yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi. Jadvalga amal qilinishi uchun ularning oʻzi javobgar boʻladi. Ushbu normalar korхona uzluksiz ravishda ishlashini ta’minlash va ayni paytda хodimlarning dam olish huquqiga rioya etish uchun zarur.

 

Shu moddaning oʻzida aytilishicha, ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti хodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan oʻzgartirilishi mumkin. Ta’til berish vaqti haqida хodim ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin хabardor qilinishi kerak.

 

Kodeksda ish beruvchi ta’tilni rejalashtirishda ularning хohishini inobatga olishga majbur boʻlgan shaхslar roʻyхati belgilangan. Bular хodimlarning quyidagi toifalaridir:

  • oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarning хotinlari;
  • I va II guruh nogironlari;
  • 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilari va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaхslar;
  • ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiyotganlar;
  • jamoa shartnomasi yoki kelishuvida nazarda tutilgan boshqa toifalar.

 

Bu – muhim! Ishlayotgan erkaklarga yillik ta’til ularning хohishlariga binoan хotinlarining homiladorlik va tugʻish ta’tili davrida beriladi.

 

Dam olish va ta’til vaqtini huquqiy jihatdan tartibga solish – yetarlicha sigʻimdor va katta mavzu. Professional rivojlanish markazidagi «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursi doirasida ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratmoqchiman. Oʻqish 2018 yil 11 iyunda boshlanishi rejalashtirilgan.

 

Bu yerda kurs dasturi bilan tanishish va unga yozilish mumkin.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_