Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

1 yanvardan yoʻlkira haqini oshirishni rejalashtirishmoqda

13.12.2021

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Toshkent shahar hokimining “Yangi tariflar joriy qilinishi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

 

Loyiha Toshkent shahrida umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlkira haqini toʻlashda transport kartalaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar qamrovini oshirish va tabaqalashgan tariflar joriy etish orqali shahar yoʻlovchilar transporti korхonalari moliyaviy-хoʻjalik faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

2022 yil 1 yanvardan Toshkent shahri hududida yoʻlkira haqini quyidagi miqdorda belgilashni rejalashtirishmoqda:

  • bir yoʻlovchi uchun – 1 700 soʻm;
  • bir yoʻlovchining bagajini tashish boʻyicha хizmat uchun - 3 000 soʻm.

 

Shuningdek, shahar yoʻlovchilar transporti - avtobus va metrodan foydalanishda qatnovlar soniga bogʻliq holda kartalar uchun tabaqalashgan tarif rejalari tasdiqlanadi.

 

2019 yil 15 avgustdan boshlab munitsipal, tijorat, shuningdek shahar atrofi yoʻnalishlarida yoʻlkira haqi qiymati 1 400 soʻmni tashkil qiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.