QHTBT portalida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezidentning “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi joylashtirilgan.
2021 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta’minlash maqsadida:
- qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilash: 2 sentyabr, payshanba, 3 sentyabr, juma.
- dam olish kunini 27 mart shanbadan 22 mart dushanbaga kuniga koʻchirish rejalashtirilmoqda.
Farmon bilan belgilanishicha:
- 2 yanvar, shanba, 4 sentyabr, shanba va 22 mart, dushanba kunlari barcha хodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi;
- byudjet tashkilotlarida qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;
- har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qoʻshimcha dam olish kuni qoʻshiladi;
- har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak;
- byudjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda qoʻshimcha dam olish kuni mehnat ta’tiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova.