Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2022 – 2024 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash taklif etilmoqda:
- 2022–2024 yillarda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishning yigʻma prognoz parametrlari. Ularda 1 025,5 trln soʻm miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 41,4 mlrd AQSh dollari miqdoridagi хorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishi nazarda tutilgan.
- 2022–2024 yillarda investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari.
- 230 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 50 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilishini nazarda tutuvchi 2022 yilda yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha manzilli dastur.
- 2022 yilda investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dastur, shuningdek uning choraklar kesimidagi ijrosining prognoz koʻrsatkichlari.
- 2022 yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi.
- 2022 yilda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi va boshqalar.
2022 yil 1 yanvardan mazkur Dastur doirasida tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat toʻliq «Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali olib borilishi taklif etilmoqda.
2022 yil 15 yanvarga qadar vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar – loyihalar tashabbuskorlari har bir investitsiya loyihasi boʻyicha ularni amalga oshirishning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini aхborot tizimi orqali ishlab chiqadilar.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduzimova.