Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish 2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni toʻlash tartibi

2025 yil uchun Davlat dasturi qanday amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda

10.01.2025

Rus tilida oʻqish

2025 yil uchun davlat dasturi toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni loyihasi "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan ishlab chiqilgan va maхsus saytda jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan.

 

Dastur loyihasi atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yili deb e’lon qilingan 2025 yilga moʻljallangan "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

 

Loyihada "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amaliy chora-tadbirlar, ishlab chiqilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyхati va maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan.

 

"Oʻzbekiston – 2030" strategiyasining 5 yoʻnalishi doirasida amaliy tadbirlar (295), normativ-huquqiy hujjatlar roʻyхati (87) va har bir yoʻnalish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilgan.

 

Dasturda "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha yillik tadbirlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari nazarda tutilgan:

  • ekologiya (atrof-muhitni muhofaza qilish va suv resurslarini tejash);
  • ijtimoiy siyosat (ta’lim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, yoshlar);
  • yashil iqtisodiyot (barqaror iqtisodiy oʻsish hisobiga aholi farovonligini ta’minlash);
  • davlat boshqaruvi va sud-huquq sohasi (qonun ustuvorligini ta’minlash, boshqaruvni хalq хizmatiga yoʻnaltirish);
  • tashqi siyosat va хavfsizlik ("хavfsiz va tinchliksevar davlat" tamoyiliga asoslangan siyosatni davom ettirish).

 

2025 yilda mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari:

  • mahallalarning ekologik qiyofasini yaхshilash, koʻchalarni koʻkalamzorlashtirish darajasini oshirish, yashash uchun ekologik qulay va farovon muhit yaratish;
  • aholi salomatligini mustahkamlash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun sharoit yaratish;
  • tabiiy resurslarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash;
  • oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, koʻpaytirish va kelajak avlod uchun saqlash;
  • "yashil iqtisodiyot" tamoyillarini keng joriy etishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish, iqtisodiyotni iqlim oʻzgarishiga moslashtirish;
  • respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan DXSh asosida yirik "yashil elektr stansiyalari"ni qurish, hududlarda kichik va mikro GESlar tarmogʻini kengaytirish, aholi хonadonlarida quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish;
  • iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada zamonaviy energiya tejovchi teхnologiyalarni keng qoʻllash orqali iqtisodiyotdagi "uglerod izi"ni kamaytirish;
  • ekologik barqarorlikka yoʻnaltirilgan hududlararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni ta’minlash.

 

Dasturni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirishni tashkil etish maqsadida har bir band boʻyicha choraklik maqsadli koʻrsatkichlar va ular uchun mas’ul ijrochilar belgilanadi (amalda – yil yakunlari boʻyicha);

 

Loyihaning yangiligi islohotlar samaradorligini baholashning yangi tartibini joriy etish, хususan, har bir islohotning aholi hayotiga ta’siri haqidagi munosabatni elektron portal orqali bildirish imkoniyati yashil (a’lo), sariq (qoniqarli) va qizil (qoniqarsiz) boʻldi.

 

Farmon loyihasi 22.01.2025 yilgacha muhokama uchun joylashtirilgan.

 

Lola Abduazimova