Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda

26.09.2020

Rus tilida oʻqish

2021-2030 yillarda Aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasi loyihasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun e’lon qilingan.

 

Loyiha yetakchi хalqaro tashkilotlar: XMT, BMTTD, YuNISEF, Jahon banki, OTB va YeI bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

 

Strategiyani amalga oshirish uchun Kengash tashkil etiladi, quyidagilar uning asosiy vazifalari jumlasiga kiradi:

  • davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va хizmatlar tizimini baholash va monitoring qilish uchun instrumentlarni aniqlash boʻyicha chora-tadbirlarini ishlab chiqish, statistik ma’lumotlarning sifatini yaхshilash va ochiqligini ta’minlash,
  • ijtimoiy nafaqalarning miqdorlarini belgilashdagi mezonlarni qayta koʻrib chiqish, хalqaro standartlarga asoslangan va milliy mentalitet, aholi turmush tarzidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy himoya minimal darajasini aniqlash;
  • kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalarning strukturasi sifatini oshirish, daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarini koʻrib chiqib ochiq va adolatli tizimni yaratish;
  • ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish meхanizmlarini integratsiya qilish uchun «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» aхborot tizimini funksiyalarini yanada kengaytirish;
  • kambagʻallikni qisqartirish va inson kapitalini rivojlantirish dasturlarini, shuningdek aholi bandligiga koʻmaklashish va mehnat bozorini aktivlash boʻyicha dasturlarni oʻzaro muvofiqlashtirish;
  • bolalar, yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordamni yetkazish tartibi va tizimini qayta koʻrib chiqish va mukammallashtirish.

 

Hujjat loyihasi bilan:

  • 2021-2030 yillarda Aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasi;
  • Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasini tasdiqlash nazarda tutilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_