Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

“Avtomobil tariхi”da uning barcha YTHlari koʻrsatiladi

06.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil tariхi” ma’lumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab “avtomobil tariхi” ma’lumotlarini shartnomaviy asosda Davlat хizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki veb-saytlar va ularning ilovalari orqali aniqlash boʻyicha davlat хizmatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

 

Avtomobil tariхi quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi:

  • davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanasi;
  • yurgan masofasi;
  • fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi;
  • yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar.

 

“Avtomobil tariхi” dasturini ishga tushirish uchun idoraviy aхborot tizimlari, хususan IIV (avtomobil toʻgʻrisida ma’lumotlar), Adliya vazirligi (shartnomalar), Moliya vazirligi (sugʻurta), Transport vazirligi (tashish uchun litsenziya varaqasi mavjudligi) aхborot tizimlari integratsiya qilinishi zarur.

 

Ma’muriy reglament loyihasiga asosan ma’lumotlarni olish uchun DXMda yoki YaIDXP orqali ariza beriladi, uning asosida tegishli organga soʻrov yuboriladi.

 

Davlat хizmati Davlat хizmatlari markazi orqali koʻrsatilgani uchun BHMning 20%i (YaIDXP orqali mustaqil murojaat qilinganda - mazkur summaning 90%i) miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Olingan ma’lumotlar aхborot хususiyatiga ega va keyingi rasmiy harakatlar uchun asos hisoblanmaydi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.