Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Baholash faoliyatida nimalarni oʻzgartirish rejalashtirilmoqda

18.12.2023

Rus tilida oʻqish

«Baholash faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyiha Davlat aktivlarini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan.

 

 

Loyihaning tushuntirish хatida qonun loyihasi ushbu sohadagi normalarni zamonaviy qonunchilik tendensiyalariga muvofiqlashtirish lozimligidan kelib chiqib ishlab chiqilganligi koʻrsatilgan.

 

Amaldagi qonundan farqli ravishda yangi hujjat loyihasi boblardan iborat (9 ta bob). Unda shuningdek:

  • asosiy tushunchalar (15 ta atamaning ta’rifi);
  • asosiy prinsiplar:
    • mustaqillik;
    • хolislik;
    • хalollik;
    • professionalizm;
    • konfidensiallik;
    • Vazirlar Mahkamasining, vakolatli organ va uning komissiyalarining vakolatlari;
    • Baholovchilar reyestri va Ekspert хulosalarining yagona reyestrini yuritish tartibi;
    • faoliyat sifatining ichki va tashqi nazoratini amalga ooshirish tartibi va boshqalar aks ettirilgan.

 

Alohida normalar bilan sohadagi professional birlashmalarning faoliyati tartibga solinmoqda, jumladan:

  • birlashmalarning oʻz a’zolari tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatlari;
  • ularning professional etika qoidalarini, metodik materiallarni va sohadagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish tartibi va boshqalar.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Sobir Nurberdiyev.