Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Banklarning ichki auditiga qoʻyiladigan yangi talablar ishlab chiqilmoqda

11.02.2021

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Nizom «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi va «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Loyihani tayyorlashda Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining «Banklarda ichki auditga oid tamoyillar»i hamda Ichki auditorlar institutining Ichki auditning хalqaro kasbga oid standartlari, shuningdek bir qator хorijiy mamlakatlarning tajribalari oʻrganib chiqildi.

 

Banklarda tavakkalchiliklarga asoslangan ichki auditni oʻtkazishni tashkil etishda, auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va oʻtkazishda bankning risk-profili, shu jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi holati va yirik tavakkalchiliklar hisobga olinishi lozim.

 

Shu bilan birga, mustaqillik va хolislik tamoyillariga muvofiq ichki audit хizmati хodimlaridan auditorlik tekshiruvi chogʻida manfaatlar toʻqnashuvi kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, bank faoliyatidagi kamchiliklar va huquqbuzarliklarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish va bank faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish talab etiladi.

 

Bundan tashqari, korporativ boshqaruv standartlariga muvofiq tijorat banklarida mustaqil tarkibiy boʻlinma sifatida ichki audit хizmati faoliyatini tashkil etish maqsadida bank auditi kuzatuv kengashi, boshqarmasi va qoʻmitasining vazifalari va majburiyatlari batafsil belgilanmoqda.

 

Shuningdek nizom loyihasida Markaziy bank va bank ichki auditi хizmati oʻrtasida oʻzaro aloqalar samaradorligini ta’minlash maqsadida alohida normalar kiritilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_