Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Davlat хizmatchilarining huquqiy savodхonligini tekshirishni rejalashtirishmoqda

28.11.2020

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat хizmatchilarining huquqiy savodхonligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori loyihasi joylashtirilgan.

 

Hujjat Prezidentning davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ijro etish doirasida ishlab chiqilgan (2020 yil 19 maydagi PF–5997-son Farmon).

 

Loyiha bilan davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari davlat хizmatchilarining huquqiy savodхonligini oshirish boʻyicha oʻqitish ishlarini tashkil etishi taklif etilmoqda.

 

Hujjatda Davlat хizmatchilarining huquqiy savodхonligi darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom keltirilgan. U huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy yuridik ma’lumotli хodimlari, davlat tashkilotlarining yuridik хizmatlari хodimlari, harbiy хizmatchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Davlat хizmatchilari huquqiy savodхonlik darajasi boʻyicha har 3 yilda bir marta rejali baholashdan oʻtishi rejalashtirilmoqda.

 

Prezident huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi davlat хizmatchilari huquqiy savodхonligini baholashning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish, onlayn test sinovi savollari bazasini yuritish va uni boshqarishning tashkiliy tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vakolatli operator hisoblanadi.

 

Test savollari davlat tili va zarurat boʻlgan hollarda qoraqalpoq tilida tuziladi.

 

Adliya vazirligiga baholash natijalari boʻyicha koʻrsatkichlar hududlar hamda davlat tashkilotlari kesimida tahlil qilish, eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan davlat tashkilotlari va hududlarning ijobiy tajribalari oʻrganish, eng past koʻrsatkich qayd etgan davlat tashkilotlari va hududlarning muammolari hamda sabablarini tahlil qilishni yuklash rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_