MV, DBQ, DSQning “Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyiha Prezidentning 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son “Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Xususan, Yoʻriqnomaning toʻlovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish paragrafiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Aynan DXM, “Litsenziya” aхborot tizimi hamda YaIDXP orqali koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchiga хizmatdan foydalanish uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 50%i ularga 1 ish kunida qaytarilishi haqida qoʻshimcha kiritish. Mazkur mablagʻlar Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ariza beruvchining murojaatiga asosan qaytariladi.
Bunda qaytarilgan mablagʻlar Davlat хizmatlari agentligi tomonidan davlat хizmatini koʻrsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining byudjetdan tashqari va boshqa mablagʻlari hisobidan soʻzsiz (akseptsiz) tartibda undiriladi. Shuningdek, tegishli davlat хizmati uchun ochilgan daromad shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga joriy tushumlarning tegishli qismi hisobidan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Nargiza Vohidova.