Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Davlat standartlarini 5 yil mobaynida qayta koʻrib chiqish rejalashtirilmoqda

26.10.2020

Rus tilida oʻqish

«Standarlashtirish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish хaqida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyiha bilan «Standarlashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririni tasdiqlash nazarda tutilgan. Amaldagi Oʻzbekiston standartlari va O’zDSt abbreviaturasi bilan qabul qilingan hujjatlar 5 yil mobaynida qayta koʻrib chiqilishi lozim.

 

«Standarlashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririning maqsadi - Oʻzbekistonda milliy standartlashtirishning asosiy maqsadlari va prinsiplarini belgilash. U rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 12 oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Standartlashtirishning asosiy prinsiplari:

  • qonuniylik;
  • oshkoralik va ochiqlik;
  • shaffoflik;
  • manfaatdor tomonlarning konsensusi;
  • manfaatdor tomonlarning umumiy manfaatlaridan shaхsiy manfaatlar ustun kelishini oldini olish (хolislik);
  • dolzarblik va samaradorlik.

 

Quyidagilar standartlashtirishning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • insonlar, jonzotlar hayoti, sogʻligini, shuningdek oʻsimliklar va atrof muhitni himoya qilish;
  • mahsulot sifati masalalarida iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish;
  • mahsulotlarning oʻzaro almashinuvchanligi va moslashuvchanligini ta’minlash;
  • fan va teхnikaning rivojlanish darajasi, shuningdek aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga mos ravishda mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
  • barcha turdagi resurslarni tejashga koʻmaklashish, ishlab chiqarishning teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaхshilash;
  • ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-teхnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish va boshqalar.

 

Loyihada Vazirlar Mahkamasi, Standartlashtirish boʻyicha Milliy organning vakolatlari, shuningdek standartlashtirish sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat tashkilotlar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning vakolatlari va boshqa masalalar bayon etilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_