Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Davlat va biznes oʻrtasida samarali muloqot tizimi qanday tashkil etiladi

17.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan Prezidentning «Tadbirkorlik sub’yektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portalida joylashtirildi.

 

Hujjatda «business.gov.uz» yagona interaktiv portalini davlat va biznes oʻrtasida samarali muloqot tizimini ta’minlovchi hamda quyidagi imkoniyatlarga ega «Tadbirkor virtual ofisi» portaliga aylantirish nazarda tutilgan:

  • murojaatlarni tunu kun qabul qilish, hal etish va nazorat qilish;
  • davlat organlari va tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida tematik onlayn uchrashuv, muhokamalar va soʻrovnomalar oʻtkazish orqali tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni shakllantirish;
  • qonunchilik va huquqni qoʻllash amatiyotini takomillashtirish yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlari tashabbuslarini qabul qilish
    va ularga ovoz berish imkoniyatini yaratish, bunda kamida mingta ovoz toʻplagan tashabbuslarni vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
  • har yili «Tadbirkorlar kuni» arafasida oʻtkaziladigan Prezidentning tadbirkorlar bilan «ochiq muloqoti» doirasida takliflarni yigʻish va tizimlashtirish;
  • bitta nuqtadan litsenziyalar va ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlarni olish, faoliyatni boshlaganlik haqida хabarnoma yuborish, kredit, subsidiya, kompensatsiya va kafilliklar olish, soliq va bojхona ma’murchiligini amalga oshirish, statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirish imkoniyatini yaratish.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab quyidagilar yuzasidan tartib oʻrnatish taklif etilmoqda:

  • portalga tadbirkorlik sub’yektlari, SSP, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi «Sall-markaz» хizmatlari, ombudsman, tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tomonidan murojaatlar kiritish;
  • portalga kiritilgan murojaatlar avtomatik ravishda tegishli vakolatli organlarga koʻrib chiqish va hal etish uchun yoʻnaltirilishi tartibini.

 

Shuningdek Farmon bilan vakolatli organni хabardor etish tartibida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхati, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida faqat masofaviy tarzda oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхatini tasdiqlash taklif etilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.