Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Eng yaхshi tadbirkorlarga - mukofot

12.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning “Yilning eng yaхshi tadbirkori” davlat mukofotini ta’sis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyihaga muvofiq mukofot Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 5 nafardan vakillariga har yili “Tadbirkorlar kuni” arafasida topshiriladi.

 

Mukofot biznes va jamiyat hayotida yuqori natijalarga erishib kelayotgan tadbirkorlarga taqdim etilishi nazarda tutilmoqda.

 

Mukofotga talabgorlar boʻyicha takliflar Prezident huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiyaga vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari takliflariga koʻra Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomalari asosida kiritiladi. Komissiya tomonidan koʻrib chiqilgandan keyin takliflar Prezidentga kiritiladi.

 

Mukofot bilan takdirlangan biznes vakillariga BHMning 100 baravari mikdorida bir marta toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Nargiza Vohidova.