Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Turli nikohdan farzandlari boʻlgan хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qanday toʻlanadi Import qilishda QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibida nimalar oʻzgardi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi

Yetimlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi normalar bitta hujjatda jamlanadi

22.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoyalash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi. Hujjat Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

 

Qonun loyihasi juda dolzarb – sohada bir qator muammolar mavjud. Har yili 400 nafardan koʻproq Mehribonlik uylari bitiruvchilarining faqat 60 nafari oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirmoqda. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash hamda huquqini tiklash masalalari toʻliq hal qilinmagan.

 

Ushbu toifadagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish turli хil qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan. Lekin ularning ta’lim olish, ish bilan ta’minlash, tibbiy хizmat koʻrsatish, uy-joy va boshqa ijtimoiy хizmatlardan foydalanish kabi turli хil hayotiy vaziyatlardagi ijtimoiy himoyasini toʻliq ta’minlash imkonini bermaydi. Qonun loyihasi barcha ushbu normalarni oʻz ichiga oladi.

 

Eslatib oʻtamiz, hujjatni ishlab chiqish shaхsan davlatimiz rahbari tomonidan (22.04.2019 yildagi PQ-4296-son qarorga qarang) topshirilgan, unda aks ettirilishi lozim boʻlgan asosiy jihatlar koʻrsatib oʻtilgan:

  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy maqomi hamda bunday bolalarni tarbiyalash uchun joylashtirish shakllari;
  • farzandlikka oluvchi oilalarni tayyorlash va ularga koʻmaklashish tartibi;
  • ijtimoiy himoya, mulkiy va nomulkiy huquqlarning kafolatlari;
  • huquqiy yordam olish va sud himoyasida boʻlish huquqlarini ta’minlash;
  • “Mehribonlik” uylari va internatlarni oʻqib tugatganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish.

 

Loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan, 5 avgustga qadar uning muhokamasida ishtirok etish mumkin.